Aziz Ashurov: “Maqsadimiz oliy liga chiqish”

Narzulla Saydullayev
28 fev 2014, 11:56
Darvozabon yarim jamoa. “Qo'qon-1912”ning asosiy figuralaridan biri Aziz Ashurovdan bu yil muxlislarning umidi katta.
Jamoaning tayyorgarligi va o'z oldiga qo'ygan maqsadlari haqida bilish uchun Ashurovga murojaat qildik.

- Bu yil yangi mavsumga tayyorgarlikni har qachongidan ham ertaroq boshladik. Chunki klub oldiga rahbariyat tomonidan bu yil kuchlilar safiga chiqish vazifasi qo'yilgan. Buning uchun biz futbochilar bir yoqadan bosh chiqarib mashg'ulotlarda astoydil ishlayapmiz. Yig'in yuqori saviyada tashkil etilmoqda. Qo'qonda shug'ullanishdan tashqari, Farg'onada “Hokim Kubogi-2014” turnirida ishtirok etdik. Qolaversa Toshkentda yig'in o'tkazish bilan birga PFL Kubogida ilk bor qatnashdik. Qayd etgan natijamiz chakki bo'lmadi. Mashg'ulotlarda barcha bor kuchini berib ishlamoqda. Rahbariyat tomonidan e'tibor juda yaxshi. Barcha sharoitlar imkon qadar yaratib berilmoqda. Biz ham o'z navbatida bunga vazifani bajargan xolda ijobiy manoda javob bermoqchimiz.

- To'g'ri, bu yil tarkibimizda aytarli o'zgarish qilinmadi. Chunki murabbiylar shunday qarorga kelishdi. Menimcha ham bu to'g'ri qaror bo'ldi. Chunki hozirgi tarkibimiz bilan o'tgan yili 3-o'rinni qo'lga kiritgandik. Lekin qishki yig'in bo'lmagandi. Chempionat boshlanishiga yaqin to'plangandi. Bu yil esa tamoman boshqacha tayyorgarlik bilan kirib kelmoqdamiz. Katta pullar evaziga chetdan o'yinchi olib kelishdan ko'ra, mahalliy futbolchilarni olib qolingani yaxshi bo'ldi nazarimda. Ayni paytdagi tarkib ham chakki emas. To'xtaboev, Uzoqboev, Kritinin, Yuldashev, Baklanov kabi ilgari oliy liga havosidan bahramand bo'lgan o'yinchilar bilan bir qatorda iqtidorli yoshlar ham bor. Umid qilamanki hozirgi tarkibimiz bilan ham oldimizga qo'yilgan vazifani bajara olamiz va bu bilan qo'qonlik ashaddiy ishqibozlarga xursandchilik ulashamiz.

- Oliy ligaga chiqish yo'lida bizga “Sho'rtan” bilan “Oq-tepa” raqobatchilik qilish mumkin. G'uzorliklarning o'yinini hozircha ko'rganim yo'q. Lekin matbuot orqali bu jamoadagi bo'layotgan o'zgarishlar bilan tanishib turibman. “Oq-tepa” ham bu yil o'z oldiga jiddiy vazifa qo'yayotganini eshitdim. Undan tashqari “NBU-Osiyo”dan jiddiy qarshilik kutish mumkin. Bu jamoa har doim yaxshi o'yin ko'rsatib kelgan. Bu yil ham tarkibida oliy liganing yetakchi o'yinchilari bor.   

Islombek RUSTAMBEKOV.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia