Azar yaqin orada shartnomani uzaytiradi

Narzulla Saydullayev
13 dek 2014, 15:11
"Chelsi" bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoa yarim himoyachisi Eden Azar yaqin vaqt ichida klub bilan kelishuvni uzaytirishini ma'lum qildi.
Belgiyalik futbolchining shartnomasi 2017 yilda tugaydi. Biroq "ko'klar" Azarga "Real" va PSJ kabi klublarning qiziqishi tufayli yanada uzoroq muddatli shartnoma taklif qilishmoqchi.

Juma kungi matbuot anjumanida Mourinyo "Chelsi" muxlislarini tinchlantirdi. Uning aytishicha juda yaqin vaqt ichida Eden klub bilan uzoq muddatli shartnoma tuzadi.

"Bu juda yaqin vaqt ichida amalga oshadi. Bu borada umuman tashvishga tushayotganim yo'q, sababi tashvishlanishga sabab bo'ladigan narsa emas", - deydi Mourinyo Daily Mirror nashriga.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fapl.ru