

"Real"? Hozir men bu borada ishlamayapman. Men barcha fikrimni faqatgina "Chelsi" bilan Yevropa ligasi sovrinini qo'lga kiritib, jamoani keyingi mavsumda YCHLga yo'llanma qo'lga kiritishiga qaratganman. Bu haftada Belgiya termasida bo'laman va keyin yana jamoaga qaytaman.
Biz Yevropa ligasi sovrinini qo'lga kirita olamiz. Yoki APLda kuchli to'rtlikka kirishimiz shart. Keyingi mavsum YCHLda o'ynashimizni muxlislarimiz kutishmoqda.
"Chelsi"ga qaytishim bilan yana jamoa uchun jonimni beraman. "Real"ga o'tish borasida 4, 5, 6 oydan keyin yoki umuman o'ylamasligim ham mumkin", - dedi Azar.



