Azar Mourinyo bilan munosabatlari haqida gapirdi

Aslanov Jasurbek
21 apr 2017, 00:36
“Chelsi” himoyachisi Eden Azar o'tgan mavsumda Joze Mourinyo bilan o'rtalarida ziddiyat bo'lganligi haqidagi gap-so'zlarni inkor etdi.

“Joze bilan munosabatlarimiz super edi. Bir yilda men APLda il futbolchisi bo'ldim, shu sabab keyingi mavsum u mendan ko'proq narsa kutgandir. Men u o'ylagandek yaxshi formada emasdim, shu bois juda qiyin davrni boshdan o'tkazdim.

Men doim Mourinyo bilan yaqin bo'lganman. Konte bilan ham shu holat takrorlanmoqda. Ularning uslublari xar hil. Antonio taktika ustida juda ko'p mehnat qiladi.

Ikki yil mobaynida Mourinyo bilan ko'plab yaxshi davrlarni boshdan o'tkazdik. Endi esa Konte bilan ishlarimiz ko'ngildagidek ketmoqda. Men har doim murabbiylar bilan muloqotda ulardan, yaxshi narsalarni o'rganishga urinaman. Ularning ikki xil toifadagi menejer.
Ko'pchilik meni Mourinyoning ko'rsatmalarini bajarmaganlikda ayblaydi. Aslida unday emas. Bu mutlaqo noto'g'ri. Men doim unga yuksak hurmat bilan qaraganman”, dedi Azar Telefoot telekanali efirida.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal.com