

"JCHdan keyin jamoadan ketishni istaganim rost. Chunki LaLigada o'ynashni orzu qilaman. Biroq bosh murabbiy va rahbariyat bilan gaplashib, qolishga qaror qildim. Yangi bosh murabbiy kelganidan keyin uning faoliyati menga yoqa boshladi. "Chelsi"da faoliyatimni davom ettirayotganimdan xursandman, ammo ketishim mumkinligini ham inkor qilmayman. Jamoadoshlarim meni yaxshi ko'rishadi. Shu boisdan qolishga qaror qilish oson bo'ldi", - dedi Azar.



