Azar katta ehtimol bilan "Shaxtyor"ga qarshi o'yinni o'tkazib yuboradi

Aziz Tukhtamuradov
16 okt 2021, 09:54
"Real" yarim himoyachisi Eden Azar formasini tiklashda davom etmoqda.

Belgiyalik futbolchi sog'lig'idagi muammolar sabab terma jamoadan klubga qaytib kelgandi. U "Real"da mashg'ulotlarni yakka tartibda olib bormoqda. Shu sababli, Azar "Shaxtyor"ga qarshi bo'ladigan YCHL o'yinini o'tkazib yuborishi mumkin. 

Eslatib o'tamiz, 24 oktyabr kuni "Barselona" bilan ham o'ynaydi. Azar 2019 yildan buyon madridliklar sharafini himoya qilib kelayotgan bo'lsada, hali "El-klasiko"da umuman maydonga tushmagan. 

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Marca