Azar faoliyatini yakunlashi mumkin

Sherzod Nurmatov
9 may 2023
Ammo yakuniy qaror hali qabul qilinmagan.

"Real" vingeri Eden Azar faoliyatini yakunlash haqida o'ylamoqda. Bu haqda "Relevo" xabar bermoqda.

Belgiyalik futbolchi "qirollik klubi" bilan yana bir mavsum amal qiladigan bitimni tugatib qo'ymoqchi. 2024 yilning yozida futbolchi boshqa klublardan tushgan takliflar o'rganadi yoki faoliyatini butkul tugatadi.

32 yoshli vinger joriy mavsum barcha turnirlarda 9 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Relevo