Azar Dortmundning "Borussiya" klubi bilan kelishib oldi

"Borussiya Myonxengladbax" yarim himoyachisi Torgan Azar "Borussiya D" bilan shartnomaning shaxsiy shartlari bo'yicha elishib olganini ma'lum qildi.

26 yoshli xavbek VTM Nieuwsga bergan intervyusida endi klublar transfer shartlari bo'yicha muzokara olib borishini aytib o'tgan. Eden Azarning ukasi joriy mavsum Bundesligada 30 o'yinda maydonga tushib 9 ta gol urgan va 10 ta golli uzatma muallifiga aylangan. 


Manba: VTM Nieuws