Azar Belgiya futboli ramzi sifatida tan olindi

Eldor Akmurzayev
14 yanv 2021
“Real” vingeri Eden Azar Belgiya futbolining 125 yillik tarixidagi eng yaxshi futbolchiga aylandi.

Belgiya qirollik futbol associaciya tashkilotning 125 yilligi munosabati bilan muxlislar o'rtasida so'rovnoma o'tkazdi va ulardan mamlakat futboli tarixidagi eng yorqin shaxsga ovoz berish so'raldi. Belgiya rasmiy fan-klub a'zolarining har bir ovozi esa ikkitaga hisoblandi.

Natijalarga ko'ra, Azar yetakchiga aylandi. Kuchli uchlikka Vensan Kompani va “Man Siti” xavbeki Kevin de Bryuyne yakun yasadi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/RoyalBelgianFA