Azar "Al Nasr" bosh murabbiyi ofisiga tashrif buyurdi

Mirjalol Normatov
15 yanv 2023, 14:15
"Real" futbolchisi Eden Azar Saudiya Arabistonida "Al Nasr" bosh murabbiyi Rudi Garsiyaning ofisiga tashrif buyurdi.

"El Chiringuito TV" xabariga ko'ra, hozircha ushbu tashrifning sababi ma'lum emas. Ular birgalikda "Lill"da ishlagan. Oldinroq paydo bo'lgan ma'lumotlarga ko'ra, Krishtianu Ronaldu transferidan keyin klub Eden Azar bilan ham shartnoma imzolashni istamoqda.

"Real" esa ketma-ket to'rtinchi transfer oynasidirki Azarni sotishga harakat qilmoqda, biroq bu amalga oshmayapti. 32 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsumda LaLiganing 3 o'yinida ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: El Chiringuito TV