Azar: “28 yoshdaman, biroq o'zimni ancha yosh his qilyapman”

20 iyul 2019, 08:57
“Real” a'zosi mavsum oldidan fikrlari bilan bo'lishdi.

“Chelsi”da tajribali o'yinchiga aylandim. Londonga kelganimda o'zimni yosh boladek his qilgandim. Bu yillar davomida esa ko'p narsalarni o'rgandim. Hozir 28 yoshdaman, biroq o'zimni ancha ham yosh his qilmoqdaman. Oldinda esa yangi sarguzashtlar. Hammasi o'zgacha bo'ladi. APL La Ligadan katta farq qiladi. Ammo moslashish jarayonida katta muammo bo'ladi deb o'ylamayman”,-deydi Azar.

O'xshash yangiliklar


Manba: AS