Azamat Abduraimov - O'zbekiston U-16 terma jamoasi bosh murabbiyi

Narzulla Saydullayev
20 mar 2018
Mashhur futbolchi va taniqli mutaxassis Azamat Abduraimov yana murabbiylik faoliyatiga qaytdi.

2004 yil va undan keyin tug'ilgan futbolchilardan iborat bo'ladigan yangi o'smirlar terma jamoasini aynan Azamat Abduraimov boshqaradi. Bu haqda futbolchi feysbukdagi sahifasida ma'lum qildi. 

O'zbekiston U-16 terma jamoasi 2019 yil U-16 Osiyo chempionati saralashida ishtirok etadi. Agar saralashdan muvaffaqiyatli o'tilsa 2020 yil Osiyo chempionati final bosqichida qatnashadi. Ushbu qita chempionatida yarim finalga qadar yetib borilsa o'smirlarimiz 2021 yil bo'lib o'tadigan U-17 Jahon chempionatida ishtirok etishadi. 



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia