
Bu uchrashuvda muborakliklar g'alaba qozonishdi. Andijonliklar ustozi Azamat Abduraimov o'yin to'g'risida quyidagi fikrlarni bildirdi.
- Bugun yomon o'yin namoyish etganimiz yo'q. Faqat futbolchilar maydonda ustunlikni o'rnata olishmadi. O'yin teng kurashlar ostida o'tdi. Raqibimiz ham kuchli edi va ular erkin o'ynashimizga imkoniyat berishmadi. Gol urishimiz uchun vaziyatlar bo'ldi. Ammo sen o'rmasang, sengga urishadi degan naql bor. Mehmonlar qarshi hujumdan unumli foydalanishdi. Albatta, o'z maydoningda yutqazish alamli. Lekin bu bilan hayot to'xtab qolmaydi. Bizning oldimizdagi vazifa oliy ligaga chiqish edi. Bu vazifani deyarli bajarib bo'ldik. Shunga qaramay, 1-o'rinni egallab yo'llanmani qo'lga kiritishni xohlagandik. Biroq futbolda doim ham yutavermaysan, mag'lubiyatlar ham bo'lib turadi. Bu mag'lubiyatdan tushkunlikka tushmagan holda o'z maqsadimiz sari intilishda davom etamiz. Oldinda bizni Navoiy va Samarqandga qiladigan qiyin safarlar kutib turibdi. Shu o'rinda aytib o'tishim kerakki, bugungi mag'lubiyat uchun muxlislardan uzr so'rayman. Chunki o'z uyingda yutqazish og'ir.