Azamat Abduraimov: "Birinchi o'yinni o'z maydoningda o'tkazish yaxshi, albatta"

24 dek 2013, 18:07
Bugun O'FFda oliy ligaga qur'a tashlash marosimi o'tkazilganini xabar qilgandik.
Qur'aga ko'ra “Andijon” jamoasi 1-turni o'z maydonida “Paxtakor”ga qarshi o'tkazadi. Marosim yakunlangach jamoamiz bosh murabbiyi Azamat Abduraimovdan qur'a haqidagi fikrlarini so'radik.

Albatta, birinchi turdayoq kuchli raqibga qarshi o'ynash oson emas. “Paxtakor” mamlakatimizning yetakchi klubi sanaladi. Ammo boshqa tomondan olib qaraganda birinchi uchrashuvni o'z maydoningda o'tkazish yaxshi. Chempionatning ochilish uchrashuvida stadionimiz muxlislar bilan to'ladi deb o'ylayman.

Stadionga qancha ko'p tomoshabin kirib bizni qo'llab-quvvatlashsa, futbolchilar uchun dalda bo'ladi. To'g'ri, birinchi o'yin hamisha qiyin kechadi. Chempionatni qanday o'tkazish birinchi uchrashuvga bog'liq bo'ladi. Shu bois mavsumni yaxshi kayfiyatda boshlashga harakat qilamiz. Buning uchun esa mavsumga hozirdan ikki barobar kuch bilan tayyorgarlik ko'rishimiz kerak. Umuman olganda qur'adan ko'nglim to'ldi.

Manba: andijon-pfc.uz