Ayollar o'rtasidagi JCH-2019. Chorak finalchilarning teng yarmi ma'lum bo'ldi va ularning orasida Braziliya yo'q

Eldor Akmurzayev
24 iyun 2019, 22:35
Fransiyada ayollar o'rtasida 8-jahon chempionati bahslari bo'lib o'tmoqda.

Hozircha nimchorak final masalasini ijobiy hal etgan to'rtta terma jamoaning nomi aniq bo'ldi. Bular, Norvegiya, Angliya, Fransiya hamda Germaniya terma jamoalaridir. 

Aytish joizki, mezbonlar murosasiz bahsda musobaqa fovoritlaridan biri Braziliyani chiqarib yubordi.

Fil Nevill boshchiligidagi inglizlar yarim final yo'llanmasi uchun norvegiyaliklar bilan to'qnash keladi. Fransiyaning raqibi esa ayni daqiqalarda davom etayotgan AQSH hamda Ispaniya basidan so'ng ma'lum bo'ladi. Bugun, shuningdek, Toshkent vaqti bilan 00:00da Shvetsiya termasi Kanada bilan bahs olib boradi. Mazkur juftlik g'olibi Germaniya bilan ¼ finalda o'ynaydi. 

Eslatib o'tamiz, ertaga 1/8 finalning so'nggi uchrashuvlari Italiya – Xitoy hamda Gollandiya – Yaponiya o'rtasida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: championat.asia