

Unda O'zbekiston chempioni va mamlakat kubogi sohibi sifatida So'g'diyona-V hamda vice-chempion sifatida Bunyodkor-V jamoalari o'zaro saf tortadi.
Uchrashuvni neytral maydonda va yuqori saviyada tashkil etish zaruriyatidan kelib chiqib, mazkur bellashuvni o'tkazishda Lokomotiv stadionidan foydalanishga qaror qilindi.
Lokomotiv futbol klubi va O'zPFL Superkubok masalasida kelishib oldi. Endilikda ushrashuvni yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan hamkorlikda ish olib boriladi.
19 mart kungi bellashuv 16:00 da start oladi.



