Ayollar o'rtasida Olimpiada O'yinlari saralash bahslariga qur'a tashlandi

Narzulla Saydullayev
4 dek 2014, 12:52
Bugun Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida 2016 yilgi Olimpiada o'yinlari ayollar o'rtasidagi futbol musobaqasi saralash bahslariga qur'a tashlandi.
Osiyo qitasi saralash bahslari 1-bosqichida O'zbekiston U-23 ayollar terma jamoasi Iordaniya, Gonkong va Falastin terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Taqvimga ko'ra, saralash bahslari kelasi yilning 11-15 mart kunlari bo'lib o'tadi. Saralash bahslari mezboni esa OFK tomonidan keyinroq tasdiqlanadi.

Ayollar o'rtasida Olimpiada O'yinlari - 2016. Rio-de-Janyero.
Saralash 1-bosqichi.

B guruhi.
 Iordaniya
 O'zbekiston
 Gonkong
 Falastin

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-uff.com