Ayollar futboli. O'zbekiston U-19 terma jamoasi nazorat uchrashuvida yirik g'alabaga erishdi

Narzulla Saydullayev
21 iyul 2018, 08:51
O'zbekiston U-19 ayollar terma jamoasi Namanganda yig'in o'tkazayotgani haqida avval xabar bergandik.

19 yoshgacha bo'lgan futbolchi qizlarimiz Kosonsoy shahrida "Qo'qon-1912"  ayollar jamoasi bilan nazorat o'yini o'tkazishdi. Uchrashuv 8:2 hisobida O'zbekiston U-19 terma jamoasining g'alabasi bilan yakuniga etdi.

Terma jamoamiz nazorat uchrashuvini quyidagi tarkibda boshladi: Sevara Nurullaeva, Mahliyo Nazarqulova, Husniya G'anieva, Laylo Shodieva, Madina Hikmatova, Gulzoda Saidova, Shahrizoda Zaynitdinova, Laylo Tosheva, Shahnoza Qurbonova, Arina Smirnova, Tojiniso Rashidova.

O'zbekiston U-19 tarkibida gollarga Tojiniso Rashidova (2ta), Shahnoza Qurbonova (3ta), Arina Smirnova,  Guljamol Normatova va Diyora Erkinovalar mualliflik qilishdi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasining Namangandagi yig'ini 25 iyulga qadar davom etadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: ufa.uz