Ayollar futboli. "Mashal-W"ning so'nggi uchrashuvi qoldi

Aslanov Jasurbek
15 okt 2015, 10:20
"Mashal" ayollar jamoasi O'zbekiston kubogida ishtirokini chorak finalda "Sevinch"ga qarshi uchrashuvdagi ikki mag'lubiyatdan so'ng yakunladi va bor e'tiborini chempionatga qaratdi.

Chempionatning 12-turida qoldirilgan bahsni ham "Sevinch"ga qarshi o'tkazib , unda qizlarimiz 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. 

"Mashal" 21- Milliy chempionat doirasida so'nggi tur bahsini 27 oktyabr kuni Navoiyda "Guli"ga qarshi o'tkazadi. Ushbu o'yin bilan qizlar jamoamizning chempionatdagi ishtiroki ham yakunlanadi. Ayni vaqtda qizlarimiz 21-turdan so'ng 33 ochko bilan beshinchi pog'onada bormoqda.


XXI O'zbekiston chempionati, qoldirilgan 12-tur uchrashuvi

“Sevinch” (Qarshi) – “Mashal W” (Muborak) 2:0


Qarshi sh.,”Geolog” stadioni. 14.10.2015.

Bosh hakam
: Suxrob Sattorov (Shaxrisbaz)

Qanot hakamlari: Dilfuza Ro'zieva (Qarshi ) ,Nigora Muhammadieva (Termiz)

Zaxira hakami: Marjona Rahmatqulova (Shaxrisabz)

Nazoratchi: Shuhrat Igamberdiev (Qarshi).

Gol: Zebo Jo'raeva, 23-1:0, Kamola Risqieva, 66-2:0.

“Mashal W”: 16.Nargiza Maxmudova, 4.Djesika Kruchinina, 12.Laylo Shodieva (s), 11.Dildora Ergasheva, 20.Maftuna Jonimqulova, 3.Gulzoda Amirova, 17.Maftuna  Panjieva, 5.Malika Burxonova, 15.Shaxnoza Shokirova, 14.Mahliyo Nazarqulova, 7.Shaxnoza Qurbonova.

Zaxira: 6.Maftuna Shoyimova, 17.Shoxida Tojiddinova, 9.Feruza Boboxo'jaeva.

Ogohlantirish: Mahliyo Sarikova 14.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcmashal.uz