Ayollar futboli: “Lokomotiv-Woman” Farg'onada yirik hisobda zafar quchdi

Narzulla Saydullayev
10 sen 2017, 20:33
Ayollar futbol jamoalari o'rtasida o'tkazilayotgan milliy chempionatimiz ham sekin-asta qizg'in pallaga kirib bormoqda.

Kuni kecha 14-tur uchrashuvlari o'z nihoyasiga etdi. Farg'onada “Neftchi” futbolchi qizlari bilan to'qnash kelgan “Lokomotiv-Woman” futbolchi qizlari raqib maydonida 7ta gol urishni uddalashdi.

“Neftchi-W” – “Lokomotiv-W” 1:7
Gollar:
Kamola Berdieva, Omadxon Sultonova (2ta), Zarina Boboeva, Sayyora Jienbaeva, Aziza Norboeva (2ta).

“Lokomotiv-Woman”: Komila Yumangulova, Ilvina Kamalieva, Yulduz Hamdamova, Zarina Boboeva, Nodira Mo'ydinova, Aziza Norboeva, Nozima Ergasheva, Kamola Berdieva, Omaxon Sultonova, Zuxra Berdieva, Xurshida Jumanova.

Mazkur g'alabadan so'ng “Lokomotiv-W” ayollar futbol jamoasi hisobidagi ochkolar soni 20taga etdi va jamoa  musobaqa jadvalida 5-pog'onaga ko'tarildi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: lokomotiv.uz