Ayollar chempionati: Ikkinchi tur. “Metallurg” – AGMK – 27:0

Narzulla Saydullayev
3 mar 2018
Poytaxtdagi “Yoshlik” sport majmuasida ayollar o'rtasida futzal bo'yicha mamlakat chempionatining ikkinchi tur o'yinlariga start berildi.

Xabaringiz bor, joriy yilgi chempionatda beshta jamoa ishtirok etmoqda. Har yilgidek, bu yil ham bosh sovringa asosan “Sevinch” va “Metallurg” jamoalari davogarlik qilishmoqda. Mazkur jamoalarning birinchi turdagi o'zaro uchrashuvida qarshiliklar yirik hisobda g'alaba qozonishgandi.

Bugun boshlangan ikkinchi turning dastlabki o'yinida “Sevinch” “Paxtakor” jamoasini yirik – 16:0 hisobida enggan bo'lsa, ikkinchi o'yinda “Metallurg” AGMK darvozasiga javobsiz 27ta gol kiritishga erishdi. Bekobodliklar sardori, bugun o'zining tug'ilgan kunini nishonlayotgan Maxliyo Sariqova uchrashuvning 19-soniyasidayoq gol urishga muvaffaq bo'ldi...



2-tur uchrashuvlari taqvimi:
3 mart

“Sevinch” – “Paxtakor” – 16:0
“Metallurg” – AGMK – 27:0

4 mart
“Lokomotiv” – “Metallurg”
AGMK – “Sevinch”

5 mart
“Lokmotiv” – “Sevinch”
“Paxtakor” AGMK

6 mart
“Metallurg” – “Sevinch”
“Lokomotiv” “Paxtakor”

7 mart
“Metallurg” – “Paxtakor”
“Lokomotiv” - AGMK  


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz