"Ayntraxt" "Lacio"ni chuv tushirdi

Sherzod Nurmatov
2 sen 2021, 19:04
Italiyalik taniqli insayder Janluka Di Marcio Filip Kostichning "Ayntraxt"dan "Lacio"ga transferi nega barbod bo'lganini tushuntirib berdi.

Jurnalistga ko'ra, nemis klubi "Lacio"ga atayin noto'g'ri eletkron pochta manzilni taqdim etgan. Rim klubi rasmiy so'rov yuborgan, lekin "Ayntraxt" uni qabul qilib olmagan. Shunday qilib, tomonlar transfer oynasi yakuniga qadar kelishuvni muvaffaqiyatli tugatishga ulgurmagan.

Avvalroq "Lacio" o'tish shartlariga to'liq rozi bo'lgani, Kostich uchun 10 million evro va yana 2 million evro bonuslar ko'rinishida olishi haqida xabar berilgandi.

Di Marcioning yozishicha, Kostich "Ayntraxt"ning xatti-harakatlaridan xabar topganidan keyin jamoa mashg'ulotlarida qatnashishdan bosh tortgan.

Eslatib o'tamiz, "Lacio" Kostichni qo'lga kirita olmagan bois "Verona" hujumkor yarim himoyachisi Mattia Zakkanini ijaraga oldi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: twitter.com/dimarzio