“Ayntraxt” hujumchisi “Barselona”ga o'tishi mumkin

Eldor Akmurzayev
20 iyun 2021, 21:15
Bu haqda AS xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, “Ayntraxt” forvardi Andre Silva “Barselona” a'zosiga aylanish ehtimoli bor. Nemis klubi portugaliyalik uchun 35 mln evro so'ramoqda.

Avvalroq, 25 yoshli futbolchiga “Atletiko”, “Arsenal”, "Tottenxem" va MYU qiziqayotgani haqida xabar bergandik.

Silvaning “Ayntraxt” bilan amaldagi shartnoma 2023 yil yozida o'z nihoyasiga etadi. U 2020/21 yilgi mavsum klub miqyosida 34 o'yinda 29 ta gol urdi.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: AS