“Ayaks” ustozi Ziyoshning “Chelsi”ga o'tishini tasdiqladi

13 fev 2020, 08:41
Hakim yozda London klubiga o'tadi.

Yozgi transferlar vaqtida marokashlik Hakim Ziyosh “Ayaks”ni tark etadi. Ushbu ma'lumotni klub bosh murabbiyi Erik ten Xag ham tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, Ziyosh transferi yuzasidan “Ayaks” va “Chelsi” allaqachon kelishuvga erishib bo'lgan. Futbolchi klub rahbariyatiga yangi chaqiruvlar kerakligini ma'lum qilgan. Rahbariyat ham bunga rozilik bildirib, transferga ruxsat bergan. “Chelsi” futbolchi uchun “Ayaks”ga 45 mln evro atrofida mablag' to'laydi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Goal.com