Ayaks sardori Sim de Yong Nyukaslga o'tdi

Narzulla Saydullayev
2 iyul 2014
Nyukasl Ayaks yarim himoyachisi Sim de Yongni sotib olganini rasman ma'lum qildi.
25 yoshli de Yong Angliya klubi bilan 6 yillik shartnoma tuzdi. Kelishuvning moliyaviy tomonlari oshkor qilinmayapti.

Ayaks safida Lyuk de Yongning ukasi 250ta o'yin o'tkazib 78ta gol urgan. U to'rt karra Gollandiya chempioni bo'lgan.

Bundan tashqari Sim Gollandiya terma jamoasi safida 6 marta maydonga tushgan va 2ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru