"Ayaks" sardori Klassen: "Milik pul tufayli "Napoli"ga o'tmoqda"

Aslanov Jasurbek
28 iyul 2016, 16:41
"Ayaks" sardori Davi Klassen jamoa hujumchisi Arkadiush Milikning "Napoli" safida tibbiy ko'rikdan o'tishi borasida fikr bildirdi.

"Milik pul tufayli ketyapti. Ammo bundan hayron bo'lganim yo'q, chunki Yevropa chempionatidan so'ng bu haqida eshitgan edim. "Napoli" men bilan bog'langanida, taklif qilingan pulga qarashni ham istamadim. "Ayaks"da qolishimni aytdim" - deydi Klassen.

Milik 2015/16 mavsumda "Ayaks" safida Gollandiya chempionatining 31 uchrashuvida 21 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: De Telegraaf