

"Opta Joe" xabariga ko'ra, Amstyerdam jamoasi ushbu mavsumda barcha turnirlarda 156 gol kiritishga erishdi va klub rekordini yangiladi.
Qayd etish kerak, "Ayaks" bu mavsumda chempionatda 107, YCHLda 32 va Gollandiya kubogida 17 gol kiritdi.
Eslatib o'tamiz, faqatgina "Ayaks" va "Barselona" bu mavsumda trebl qayd etishga davogarlik qilmoqda.



