"Ayaks" Kudusni minimum 45 mln evro evaziga sotishga tayyor

Оқил Абдубарноев
25 dek 2022, 23:43
"Ayaks" yarim himoyachi Muhammad Kudusni sotishga tayyor.

Sport.es xabariga ko'ra, 22 yoshli futbolchiga "Barselona", "Real", "Yuventus", "Milan", "Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Everton" da'vogarlik qilmoqda.

Ganalik futbolchining Niderlandiya klubi bilan shartnomasi 2025 yilgacha mo'ljallangan. Amstyerdam klubi o'z futbolchisi uchun kamida 45 million evro talab qilmoqda.

Kudus joriy mavsum Chempionlar ligasining 6 ta o'yinida 4 ta gol urdi. Shuningdek, u liganing 14 uchrashuvida 5 ta gol urdi.

Futbolchi 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etib, Gana terma jamoasi tarkibida 3 ta o'yin o'tkazgan holda 2 ta gol urgan.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Sport.es