“Ayaks” jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi

Aslanov Jasurbek
28 dek 2017, 23:17
Gollandiyaning “Ayaks” klubiga yangi bosh murabbiy tayinlandi, deb xabar bermoqda jamoa rasmiy sayti.

Unga ko'ra 47 yoshli mutaxassis Erik ten Xag amstyerdamliklarni bosh murabbiy sifatida qabul qilib oldi. Uning so'nggi ish joyi Gollandiyaning boshqa bir jamoasi “Utrext” edi. 

Xag “Ayaks” bilan 2020 yilning 30 iyuniga qadar amal qiladigan ikki yarim yillik shartnoma imzolaydi. Kelishuv 2018 yilning 1 yanvaridan kuchga kiradi. 21 dekabr kuni “Ayaks”Marsel Keyzerni iste'foga chiqargandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif