"Ayaks" himoyachisi "Manchester Yunayted"ga o'tishni istamadi

Mirjalol Normatov
7 may 2019, 11:33
"Ayaks" himoyachisi Matteys De Ligt "Manchester Yunayted"dan tushgan taklifga rad javobini bergan.

"U dunyoning eng yaxshi himoyachisi bo'lishi kerak. Unda faoliyatini davom ettirish uchun bir necha variant paydo bo'lgandi. Hozirda uning xizmatlariga "Manchester Yunayted" qiziqish bildirmayapti. Chunki Matteys ushbu klubdan tushgan taklifga rad javobini berib bo'lgan.

Hozirda Matteys dunyodagi eng xaridorgir futbolchi bo'lib turibdi", - dedi uning agenti.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Daily Star