Ayaks darvozaboni Vermeer Feyenoordga o'tdi

Narzulla Saydullayev
31 avg 2014
Ayaks darvozaboni Kennet Vermeer faoliyatini Feyenoordda davom ettiradigan bo'ldi.
Amsterdam klubi bosh murabbiyi Frank De Bur Groningenga qarshi o'yindan so'ng (0:2) ushbu transferni tasdiqladi.

28 yoshli posbon Feyenoord bilan to'rt yillik shartnoma tuzdi.

Vermeer Ayaks safida 2005 yildan buyon faoliyat olib borayotgandi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru