"Ayaks" Bergveynni xarid qilmoqchi

Sherzod Nurmatov
4 iyun 2022, 20:55
"Tottenxem" vingeri Stiven Bergveyn Niderlandiya chempionatiga qaytishi mumkin.

Manbaga ko'ra, 24 yoshli niderlandiyalikka "Ayaks" da'vogarlik qilmoqda. Shuningdek, o'yinchiga Erik ten Xag qo'l ostidagi MYU qiziqish bildirmoqda.

Bergveyn ortda qolgan mavsumda "Tottenxem" safida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qildi. Transfermarkt portali uni 18 million evroga baholagan.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: De Telegraaf