Ayaks Arsenal hujumchisidan voz kechmoqchi

Narzulla Saydullayev
18 okt 2015, 21:00
Gollandiyaning Ayaks klubi Arsenaldan ijaraga olingan Yaya Sanogodan qutulmoqchi.

Sky Sports nashri xabariga ko'ra, futbolchi Amstyerdam klubi murabbiylar shtabida yaxshi taassurot qoldira olmagan. Jamoa u bilan shartnomani noyabr oyida bekor qilmoqchi. Biroq u holda Gollandiya klubi kanonirlarga  shartnomani buzgani uchun tovon puli to'lashi kerak bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, Sanogo Frank de Bur jamoasiga yozga qadar ijaraga berilgan.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Sky Sports