"Axmat" - "Spartak" o'yiniga 20 mingta chipta sotildi

Aslanov Jasurbek
12 okt 2017
"Axmat-Arena" stadioni matbuot-xizmati vakili Ramzan Umarov "Spartak"ka qarshi bo'lib o'tadigan Premer-liganing 13-tur uchrashuviga qancha chipta sotilganini ma'lum qildi.

Uchrashuv 13 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:30da boshlanadi.

"Spartak"ka qarshi o'yinlar doimo muxlislarimiz orasida katta qiziqish uyg'otgan. Ayni damda 20 mingga yaqin chipta sotilgan. Sotuv dinamikasi yaxshi, yana bir necha mingta chipta sotmoqchimiz, biroq anshlag kutayotganimiz yo'q" - deydi Umarov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com