“Axmat” “Rubin”ni engdi va 5-o'ringa ko'tarilib oldi

Aslanov Jasurbek
25 sen 2017, 23:48
Rossiya Premer-ligasi 11-turini yakunlab beruvchi uchrashuvda Grozniyning “Axmat” klubi o'z maydonida Qozonning “Rubin” jamoasini qabul qildi.

Sultan Bilimxanov nomli stadionda o'tgan o'yinda mezbonlar kichik 1:0 hisobida zafar quchishdi. Yagona gol 85-daqiqada kiritildi. Soslan Janaev kutilmaganda o'z darvozasini ishg'ol qilib qo'ydi.

Bugungi g'alabadan so'ng “Axmat” 17 ochko bilan turnir jadvalida 5-o'ringa ko'tarilib oldi. “Rubin” esa 14 ochko jamg'argan holda 9-pog'onani egallab turibdi. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif