Ana xolos! Avstraliyani Jahon chempionatiga olib chiqqan murabbiy iste'foga chiqdi

Narzulla Saydullayev
22 noya 2017, 08:35
Bu haqda murabbiy bugun o'tkazilgan maxsus matbuot anjumani vaqtida ma'lum qildi.

"Uzoq o'ylanishlardan so'ng Avstraliya terma jamoasi sifatidagi faoliyatim yakunlandi deb hisobladim. Bu eng muhim xabarim edi", - dedi Ange Postekoglu.

Noyabr oyida Avstraliya terma jamoasi qitalararo pley-offda Gondurasni ikki o'yin natijasiga ko'ra (0:0, 3:1) dog'da qoldirib Rossiyada bo'lib o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanma olgandi.

Postekoglu "sokkeruzlar" ustozi sifatida 2013 yildan buyon ishlab kelayotgandi. Uning qo'l ostida jamoa JCH-2014ga chiqqan va 2015 yil Avstraliya mezbonlik qilgan Osiyo Kubogida g'olib bo'lgandi.

Ange Postekogluning Avstraliya terma jamoasi bosh murabbiyligidagi natijasi: 45ta o'yin, 20 g'alaba, 10 durang va 15 mag'lubiyat.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: the-afc.com