Avstraliyalik jurnalist: "Menimcha, O'zbekiston 3:1 hisobida g'alaba qozonadi"

10 yanv 2015, 09:55
Bugun Osiyo Kubogida O'zbekiston milliy terma jamoasi o'z ishtirokini boshlaydi.
Vakillarimiz ilk uchrashuvni KXDR termasiga qarshi o'tkazishadi. O'yin boshlanishiga juda kam vaqt qolayotgan bir paytda Sidneyda chop etiladigan "Goal Weekly" haftalik jurnali muxbiri Pablo Beytson fikrlari bilan qiziqdik.

"Men O'zbekistonda bo'lganman, - deya gap boshladi hamkasbimiz. - 2008 yil o'tkazilgan O'zbekiston - Avstraliya (JCH-2010 saralash) bahsini ko'rish uchun Toshkentga borgandim. Juda chiroyli o'yin bo'lgandi o'shanda. Keyinchalik sizning jamoangiz ishtirokidagi o'yinlarni Osiyo Kubogi-2011da ham kuzatdim".

"O'zbekistonni men kuchli jamoa deb bilaman. Sizlarda ham tajribali, ham yosh o'yinchilar bor. O'ylashimcha, KXDR ustidan bemalol g'alaba qozona olasizlar. Menimcha, yakuniy hisob O'zbekiston foydasiga 3:1 bo'ladi".

X.Xoliqov
Sidney, Avstraliya


Manba: championat.asia