Avstraliya yoshlari O'zbekiston bilan o'yin oldidan suvda tiklanish jarayonini o'tkazdi

Narzulla Saydullayev
14 okt 2014, 11:34
Xabaringiz bor, Myanmadagi Osiyo chempionatining 3-turida O'zbekiston yoshlar terma jamoasi Avstraliyaga qarshi o'ynaydi.
Dastlabki ikki turdan so'ng 4 ochko to'plagan Pol Okon shogirdlari O'zbekistonga qarshi bahsdan oldin suvda tiklanish jarayonini o'tkazishdi.

Eslatib o'tamiz, Avstraliya birinchi turda BAA bilan durang (1:1) o'ynadi, so'ngra Indoneziyani mag'lub (1:0) etdi.

Bugungi o'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00da boshlanadi. Uchrashuvda vakillarimiz oq rangli formada o'ynashadi.

"B"guruhi

JamoaO'YUDMTNO
O'zbekiston21105-34
Avstraliya21102-14
BAA20203-32
Indoneziya20021-40

1-tur. 10 oktyabr

O'zbekiston – Indoneziya 3:1
Avstraliya – BAA 1:1

2-tur. 12 oktyabr
Indoneziya – Avstraliya 0:1
BAA – O'zbekiston 2:2

3-tur. 14 oktyabr
17:00 - O'zbekiston – Avstraliya
17:00 - BAA – Indoneziya



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia