Avstraliya JCH-2034 mezbonligi uchun kurashmoqchi

Оқил Абдубарноев
5 okt 2023, 20:04
Avvalroq Saudiya Arabistoni ushbu yilda o'tkaziladigan mezbonligi uchun asosiy da'vogar ekanligi aytilgandi.

Avstraliya futbol federatsiyasi boshqaruv direktori Jeyms Jonson mamlakat 2034-yil o'tkaziladigan Jahon chempionati final bosqichiga mezbonlik qilish imkoniyatlarini o'rganib chiqayotganini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, 2030 yilgi Jahon chempionati umumiy hisobda oltita mamlakatda o'tkaziladi. FIFA tashkiloti JCH-2030 mezbonligiga Ispaniya, Marokash va Portugaliya mamlakatlarini tasdiqladi. Tashkilot bu uch mamlakat taqdim qilgan umumiy loyihani  g'olib deb topdi. 

Bundan tashqari, Jahon chempionatining 100 yilligi munosabati bilan Urugvay, Argentina va Paragvay terma jamoalari birinchi uchrashuvlarini o'z mamlakatlarida o'tkazadilar. Jahon chempionatining ochilish o'yiniga Urugvay mezbonlik qiladi. 1930 yilgi Jahon chempionati aynan Urugvay mamlakatida o'tkazilgandi.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Australia