Avstraliya - BAA: fakt va raqamlar

Osiyo Kubogining yarim final doirasida Avstraliya BAAni sinovdan o'tkazadi.
Quyida ushbu to'qnashuv oldidan bazi fakt va raqamlarni keltirib o'tamiz.

- Avstraliya bu musobaqada hozircha eng ko'p gol urdi: 10ta.

- BAA termasi hujumchisi Ali Mabxut hozircha to'rtta gol kiritishga muvaffaq bo'ldi.

- Avstraliya termasi ketma-ket ikkinchi bor Osiyo chempionatining yarim finalida o'ynaydi.
 
- BAA terma jamoasi o'z tarixida uchinchi marta yarim finalga chiqdi, 1996 yilgi musobaqada ular ikkinchi o'rinni olishgandi.
 
- Bu har ikkala jamoaning Osiyo Kuboklaridagi o'zaro birinchi o'yini bo'ladi.

- Ikkala jamoa ham o'z guruhida ikkinchi o'rinni olib keyingi bosqichga chiqdi.

- Avstraliya ushbu chempionatda raqiblar darvozasi tomon 32ta zarba bergan, BAAning bu boradagi ko'rsatkichi esa 13ta.

Manba: championat.asia