Avaz Agaliev "Mashal" yig'inida qatnashmoqda

Narzulla Saydullayev
25 dek 2015
"Dinamo" klubi himoyachisi faoliyatini Muborakda davom ettirishi mumkin.

Ma'lumotlarga ko'ra, himoyachi ayni paytda "Mashal"ning Yangierda o'tayotgan yig'inida ishtirok etmoqda. Agar Agalievning harakatlari Aleksandr Xomyakov boshchiligidagi murabbiylar shtabiga maqul kelsa futbolchi 2016 yilni "gazchilar" safida boshlaydi.

Avaz Agaliev 2015 yilgi mavsumda "Dinamo" safida 29ta o'yinda maydonga tushib bitta gol urdi. Qizig'i ushbu gol aynan "Mashal" darvozasiga urilgandi.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia