Avariyadan so'ng "Urakan" o'yinchisi Toransoning 4 ta bormog'ini kesib tashlashdi

Aslanov Jasurbek
11 fev 2016, 14:47
"Urakan" avtobusi uchragan avariya haqida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, avtobus ag'darilib ketganidan so'ng uch kishi shifoxonaga tushib qoldi. Ularning ikki nafari operaciya qilindi. Jamoa futbolchisi Patrisio Toranso va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Pablo Santel jarrohlik amaliyotini boshidan o'tkazdi. Toransoning chap oyog'idagi to'rtta barmog'i kesib tashlandi. "Urakan" shifokori Fernando Lokassoning xabar qilishicha, Patrisio futbolchilik faoliyatini davom ettira oladi, chunki uning bosh barmog'i soppa-sog'.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca