Audi Cup. Bugun Myunxenda Yevropaning top-klublari to'qnash keladi

Aslanov Jasurbek
1 avg 2017
Bugun, 1 avgust kuni har yili ananaviy tarzda o'tkaziladigan Audi Cup musobaqasiga start beriladi.

Har yili yangi mavsum oldidan tashkil qilinadigan turnirga "Bavariya" mezbonlik qiladi va unda nemis grandidan tashqari Yevropaning yana 3 ta jamoasi ishtirok etadi.

Bu safar ushbu musobaqaga Angliyadan "Liverpul", Ispaniyadan "Atletiko" va Italiyadan "Napoli" taklif qilingan. Audi Cup ikki bosqichdan iborat (yarim final, final).

Bugun turnirning yarim final bahslari bo'lib o'tadi.

1 avgust

20:45. "Atletiko" - "Napoli" ("Alyans Arena")

23:30. "Bavariya" - "Liverpul" ("Alyans Arena")

Ushbu uchrashuvlardan so'ng, finalda va musobaqaning 3-o'rni uchun bo'ladigan bahsda ishtirok etadigan jamoalar nomi ma'lum bo'ladi.

2 avgust

20:45. 3-o'rin uchun bahs

23:30. Final


Jamoalar bir necha kun avval Myunxenga yetib kelishgan



Kecha to'rt jamoa murabbiylari ishtirokida matbuot-anjumani bo'lib o'tdi

Matbuot-anjumanida qiziqarli voqea yuz berdi. So'z navbati "Atletiko" ustozi Diego Simeonega kelganida, uning mikrafoni ishlamay qoldi. "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp joyidan turib, tezda ushbu muammoni bartaraf etdi va o'zining injenerlik mahoratini ko'rsatdi.




Karlo Anchelotti ("Bavariya"): "Bu kuchli jamoalar o'ynaydigan yuqori saviyali turnir. Ushbu bahslar rasmiy o'yinlardan oldingi katta imtihon".



Yurgen Klopp ("Liverpul"): "Bavariya"ga qarshi bahs biz uchun o'zgacha chaqiruv. "Bavariya"ga qarshi bahsda qanday ishlashimizni ko'rish muhim. Karlo qanday tarkibni maydonga tushirishidan qatiy nazar, bizga top-darajadagi jamoa qarshilik qiladi".



Diego Simeone ("Atletiko"): "Avvaliga nimaga qodirligimizni bilib olishimiz kerak, keyin ko'ramiz".



Mauricio Sarri ("Napoli"): Turnir bizga foyda keltirishi mumkin. Bu yerda top-jamoalarga qarshi o'ynaymiz".


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.asia