"Atletiko"ning muhim futbolchisi MYUga qarshi o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin

Mirjalol Normatov
21 fev 2022, 23:51
"Atletiko" sardori Koke YCHLda "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda qatnashmasligi mumkin.

Uchrashuvga 2 kun qolganida futbolchi jamoa bilan mashg'ulotlarda ishtirok etmadi. Ayni damda uning bahsda qatnashishi so'roq ostida turibdi.

Ispaniyalik futbolchi 2018 yilning 6 noyabr kuni Dortmundning "Borussiya"siga qarshi o'yindan keyin jamoasi tarkibida YCHLdagi barcha bahslarda qatnashdi.

Ushbu mavsumda 30 yoshli xavbek 21 o'yinda ishtirok etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal