"Atletiko"ning ikki yetakchisi lazaretga tushib qoldi

Mirjalol Normatov
13 mar 2018, 17:46
"Atletiko"ning yetakchi hujumchisi Diego Kosta va Kevin Gameyro La Liga doirasida "Selta"ga (3:0) qarshi uchrashuvda jarohat oldi.

Kosta oyoq bilaklarida qattiq shikastlandi, Gameyro ham oyog'idan jiddiy jarohat orttirib olgan. Hozircha ularning qachon safga qaytishi noma'lum, deb xabar beradi "matraschilar" klubi rasmiy sayti.

15 mart kuni Madrid jamoasi Yevropa ligasi 1/8 finali doirasida "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib boradi. Ispaniyada o'tgan ilk bahsda mezbonlar 3:0 hisobida g'alaba qozonishgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: atleticodemadrid.com