"Atletiko"ning "Granada"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasidan 7 nafar asosiy tarkib futbolchisi o'rin olmadi

Alisher
8 fev 2020, 10:23
"Atletiko" La Liga 23-turi doirasidagi "Granada"ga qarshi o'yin uchun qaydnomasini e'lon qildi

Jarohat sabab Xose Mariya Ximenes, Felipe Augusto Moreno, Santyago Arias, Kiran Tripper, Ektor Errera, Joau Feliks, Alvaro Morata va Diego Kostalar bugungi o'yinda Madrid klubiga yordam bera olishmaydi.


Darvozabonlar: Antonio Adan, Yan Oblak

Himoyachilar: Renan Lodi, Stefan Savich, Mario Ermoso, Shime Vrsalko, Manu Sanches, Rikard Sanches

Yarim himoyachilar: Tomas Parti, Koke, Saul Niges, Toma Lemar, Markus Lorente, Vitolo, Yannik Ferreyra-Karrasko, Toni Moyya

Hujumchilar: Anxel Korrea, Ivan Shaponich



O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/Atleti