"Atletiko"ni Yevropa Ligasida chempion qilgan mutaxassis "Uotford"ga murabbiy bo'ldi

Eldor Akmurzayev
7 sen 2019, 22:40
Biroz oldin, Uotford klub bosh murabbiyi Xavi Grasiyani iste'foga chiqargani haqida xabar bergandik.

Uning o'rnini esa jamoada oldin ishlagan Kike Sanches Flores egalladi. Flores 2015/16 yilgi mavsumlarda ham Uotfordda murabbiy bo'lgan. 

54 yoshli mutaxassisning so'nggi ish joyi Shanxay Shenxua bo'di. U shuningdek, Atletiko, Xetafe, Benfika, Al-Ahli, Al-Ayn, Espanol kabi klublarda faoliyat olib borgan. 

Kike Sanches Flores 2009/10 yilgi mavsumda matraschilar bilan Yevropa Ligasini qo'lga kiritgandi.


O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: watfordfc.com