"Atletiko" va MYU 30 iyulda Osloda o'rtoqlik o'yini o'tkazadi

Alisher
26 may 2022, 14:48
"Atletiko" yozda "Manchester Yunayted" bilan o'ynaydi.

Jamoa yangi mavsumga tayyorgarlik doirasida o'rtoqlik o'yini o'tkazadi. Bahs 30 iyulda Oslodagi "Ullevol" stadionida o'tkaziladi.

"Atletiko" 2021/22 yilgi mavsum so'nggiga ko'ra La Ligada 71 ochko jamg'argan holda 3-o'rinni egalladi. "Manchester Yunayted" esa APLda 58 ochko bilan oltinchi bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Madrid klubi MYUni o'tgan mavsum YCHLda nimchorak finalda mag'lub etgan edi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com