"Atletiko" tvitteri qizil kartochka haqida: "Bernabeu"da hech narsa o'zgarmagan"

Aslanov Jasurbek
26 fev 2023, 01:40
"Atletiko"ning tvittyerdagi sahifasi "Real"ga qarshi bahsda (1:1) Anxel Korreyaning chetlatilishiga izoh berdi.

Uchrashuvning 64 daqiqasida "Atletiko" to'pni autdan o'yinga kiritayotgan edi, o'sha vaqtda Korrea "Real" himoyachisi Antonio Ryudigerni tirsagi bilan ko'kragiga engil zarba berdi. Bosh hakam Xesus Xil Mansano tezda forvardga qizil kartochka ko'rsatdi.

"Bernabeu"da hech narsa o'zgarmagan" - deb yozda "Atletiko" akkaunti tvittyerda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/Atleti