"Atletiko" to'rt o'yinchi bilan xayrlashganini e'lon qildi

Alisher
30 iyun 2024, 15:03
"Atletiko" bir necha o'yinchilari ketganini e'lon qildi.

Madrid klubini shartnoma muddati yakunlangani sabab Memfis Depay, Mario Ermoso, Gabriel Paulista va Vitolo tark etdi.

Depay o'tgan mavsum "Atletiko" safida 31ta o'yinda 9ta gol va  3ta assist qayd etdi. Ermosoda esa 45ta o'yinda 2ta gol va 2ta assist. Paulista 24ta bahsda ishtirok etdi. Vitolo esa 2023/24 yilgi mavsum uchun "Atletiko" tarkibiga kiritilmadi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: atleticodemadrid.com